Moskva Belarus respublikasi hukumatining “qardoş Ukraina” kabi mustaqil davlat bölişga intilayotganiga tuşuniş bilan munosabatda bölmoqda. Regnum axborot agentligi manbasi ta'kidlaşiça, Moskva Minskning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, KXŞT va ehtimol Rossiya va Belarus Ittifoq davlatidan çiqişga tayyorgarlik yuzasidan şov-şuvli bayonotlar bermaydi.
Şu bilan bir qatorda, Minskdagi mas'uliyatli şaxslar mustaqillik faqat quruq sözdan iborat emasligini tuşunişlari lozim. Mustaqillik – bu davlatning siyosat va mafkuradan tortib, moliya va iqtisodiyotgaça hayot faoliyati majmuasidir. Agarda Belarus rahbariyati bu yöldan, “iqtisodiy uruş” yölidan borişni istasa, davlat rivojlanişining bu strategiyasi heç qanday savollarni keltirib çiqarmaydi.
Savol faqatgina bir narsadan iborat böladi – Belarus rahbariyatining bu siyosiy liniyasi xalq milliy-davlatçilik manfaatlariga naqadar javob beradi. Regnum agentligi manbasining ta'kidlaşiça, Belarus xalqi voqealar rivoji qanday bölişi, markaziy rahbariyat siyosatidan qat'i nazar qardoş bölib qoladi.
Agarda hukumati özgargan va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ittifoqqa öz e'tiborini qaratgan ukrain xalqi aksariyatining milliy-davlatçilik manfaatlarini hisobga olişni istamasa yana özgarişi mumkin bölgan “qardoş Ukraina” tajribasi Minsk rahbariyatidagilarga dars bölmasa, bunday harakatlar respublikani jahon rivojlanişi çetiga uloqtirib taşlaşi mumkin.

















