Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuç tuzilmalaridagi, asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi, 17 generalni egallab turgan lavozimidan ozod etdi. Tegişli farmon huquqiy axborot portalida joylaştirildi.  

Farmonga köra, içki xizmat general-leytenanti, Rossiya Federatsiyasi fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş vazirligining Öt-öçiriş-qutqariş kuçlari va maxsus tuzilmalar departamenti direktori Agafonov Aleksandr Viktoroviç; FVV hududiy siyosati departamenti direktori Yuriy Kovalev; Karaçay-Çerkes Respublikasi içki işlar vaziri, politsiya   general-mayori Kazimir Botaşev; FVVning Uzoq Şarq mintavaqiy markazi boşliği birinçi örinbosari, general-mayor Oleg Volinkin; FVVning Şimoli-Ğarbiy mintaqaviy markazi boşliği, general-mayor Igor Gorbatenko; FVVning Şimoli-Kavkaz mintavaqiy markazi boşliği, general-polkovnik Nikolay Lityuk; Yaroslav viloyati prokurori, uçinçi toifadagi davlat maslahatçisi (general-mayor unvoniga töğri keladi) Yuriy Verxovtsev; Xanti-Mansiysk muxtor okrugi – Yugra tergov qömitasi tergov boşqarmasi boşliği, general-mayor Arkadiy Singayevskiy va bir qator boşqa generallar öz lavozimidan ozod etildi.

Şu farmon bilan favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosarlari etib Vladlen Aksenov va Pavel Barişev tayinlangan.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirida umumiy hisobda 8 nafar örinbosar bölgan. Endilikda ozod etilgan va yangi tayinlangan örinbosarlar hisobga olinganda, ularning soni 6 nafarni taşkil qilmoqda.