Oxford Economics’ning Forbes’ga kelib tuşgan hisobotiga köra, örta daromadga ega bölgan oilaga Honkong, Mumbai, Pekin yoki Şanxayda maydoni 90 kvadrat metr bölgan xonadon xarid qiliş uçun 30 yil talab etiladi. Hisobotda butun dunyo böylab istiqomat qiluvçi aholi daromadlari köçmas mulk qiymati bilan taqqoslangan. Quyida dunyodagi eng qimmat beşta köçmas mulk bozori röyxatini taqdim etamiz.

5. London

Londonda köçmas mulk narxlari bir neça ön yil davomida tinimsiz oşib bordi. 2013 yildan beri Londondagi uylar uçun narxlar mislsiz darajada oşib ketdi. Şahardagi xonadonlar örtaça narxi 2006 yildagi 257 ming funt sterlingdan 2016 yilgi 474 mingga qadar kötarildi. Oradagi farq 84 foizni taşkil qildi.

Hukumatning köçmas mulk bozorini nufuzli köçmas mulkka davlat bojini kiritiş va investitsion obektlarga yangi bojlarni kiritiş böyiça barqarorlaştiriş harakatlari heç qanday natija keltirmadi. Biroq, yaqinda ötkazilgan sörovga köra, iqtisodçilar joriy yilda köçmas mulk narxlari yoki avvalgi darajada saqlanib qoladi, yoki hattoki biroz arzonlaşadi, degan fikrda.

4. Şanxay

Şanxay – Xitoydagi eng qimmat köçmas mulk bozorlaridan biri. U yerda ötgan yil davomida uy narxlari 40 foizga qimmatlaşdi. Bunday kötariliş bilan kuraş olib boriş biroz muşkul. 2015 yilda içki fond bozorining kuçsizlanişidan qörqib ketgan köplab investorlar özlarini köçmas mulk sektoriga urişdi.
 
Biroq Şanxayda yaqin orada köçmas mulk bozori bosim ostida qolişi mumkin, sababi tartibga soliş idoralari narxlarni arzonlaştiriş yoki ular qimmatlaşişini töxtatib qöyiş böyiça bir qança qadamlarni qöydi. Xitoyning 20ta şahri, şu jumladan Şanxay şahri ma'muriyati ham köçmas mulk bozorini barqarorlaştiriş böyiça yangi çoralar majmuasini amalga tatdiq etdi: xaridlarga limit kiritildi va ipoteka böyiça çeklovlar kuçaytirildi.

3. Pekin