AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Eronni terrorizmning asosiy homiylaridan biri deb atadi. U yaponiyalik hamkasbi Tomomi Inada bilan Tokioda ötkazgan muzokaralaridan söng, şunday bayonot berdi. 

"Eronga töxtaladigan bölsak, bu davlat jahon terrorizmining homiylaridan biri hisoblanadi. Biz buni Eronga bildirib qöyişimiz kerak", - degan Pentagon rahbari. 

Şu bilan birga, Mettisning qöşimça qilişiça, u "Eron muammosi tufayli Amerikaning Yaqin Şarqdagi kuçlarini köpaytirişga zarurat körmayapti".

Eslatib ötamiz, 3 fevralda AQŞ Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirgani haqida xabar qilingan edi. Amerika qora röyxatiga 13 kişi va 12 taşkilot kiritildi. Bu çeklovlar Tehron ballistik raketalar işlab çiqariş dasturiga aloqador şaxslar va taşkilotlar yoki Eron Qurolli kuçlarining elita bölinmalari hisoblanuvçi "Islom inqilobi qöriqçilari" Korpusi (IIQK)ga qandaydir yordam berayotganlarga nisbatan joriy qilindi. 

Eron hukumati javob çoralari körişini bildirdi.