AQŞ prezidenti Donald Tramp 3 fevralda AQŞdagi iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ikkita farmonni imzoladi, ular orasida mamlakatning moliyaviy zaxiralariga kirişni çeklovçi Dodd-Frank qonuniga özgartirişlar bor. Farmonlarning imzolanişi jarayonini Oq uydan CNN telekompaniyasi olib borgan.
Dodd-Frank qonuni 2010 yilda qabul qilingan. Qonun 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqirozning takrorlanişiga yöl qöymaslikka qaratilgan. Tramp avvalroq bu qonun moliyaviy institutlarga katta taşviş yaratişini va undan u yoki bu holda qutiliş kerakligini aytgandi.
Tramp ikkinçi farmoni bilan Barak Obamaning moliyaviy konsalting haqidagi farmonini bekor qildi. Obama ötgan yili broker va boşqa moliyaviy maslahatçilardan öz manfaati yölida emas, balki mijoz manfaati yölida qat'iy harakat qiliş talab qilingan farmonni imzolagandi. Bu farmon 2017 yilning aprelida kuçga kirişi kerak edi. Moliya sohasi vakillari bu farmonni tanqid qilişgan va uning amalga oşirilişi önlab milliard dollarga aylanişini ta'kidlaşgan.












