«Barselona» Ispaniya Primerasining 21-turida Bilbaoning «Atletik» jamoasini qabul qildi. Barselonadagi «Kamp Nou» öyingohida bölib ötgan uçraşuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Birinçi bölim örtalarida Neymar Pako Alkaserni pas bilan ta'minladi va bu öyinda Luis Suares örnida harakat qilgan hujumçi darvozaning pastki burçagini aniq nişonga oldi. Öyinning 40-daqiqasida Lionel Messi jarima zarbasini golga aylantirib, jamoasining hisobdagi ustunligini oşirdi.

Ikkinçi bölimda Aleyks Vidal raqib jarima maydoniga yorib kirib, kuçli zarba berdi. Töp ikki himoyaçi orasidan ötib, darvoza töridan joy oldi - 3:0. 

Endilikda «Barselona» oçkolari sonini 45taga yetkazdi va turnir jadvalida ikkinçi öringa kötarilib, «Real» bilan oradagi farqni bittagaça qisqartirdi. 32 oçkosi bor «Atletik» sakkizinçi örinda qolmoqda.

Barselona – Atletik 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Pako Alkaser, 2:0 – 40 Messi, 3:0 – 67 Aleiş Vidal.
Barselona – ter Stegen, Pike (Maskerano, 46), Mate, Umtiti, Aleiş Vidal, Rafinya (Rakitiç, 54), Turan, Andre Gomeş, Messi (Serji Roberto, 64), Pako Alkaser, Neymar.
Atletik – Iraysos, Inigo Lekue (Aduris, 52), Balensiaga, Yyeray Alvares, De Markos, Iturraspe, San Xose (Benyat, 59), Muniain, Raul Garsiya (Eraso, 74), Inyaki Uilyams, Lyaport.
Ogohlantirişlar: Pike (22), Iturrasp (27), De Markos (34), Lyaport (70).