Ma'lumki, Hazrati Odam alayhissalomga Alloh taolo barça fariştalarni ta'zim qilişga buyurişining asosiy sababi, u zotning ilmlari şarofatidir. Darhaqiqat, ilm va ilm ahllarining darajasi har qaysi jamiyatda ham yuqori qöyilgan. Öz-özidan ma'lumki, ilmu hunarni ustozsiz egallab bölmaydi. Ilm va hunarning barçasi ham Alloh taolo tomonidan insonga berilgan hikmat bölib, bu haqda Qur'oni karimda şunday marhamat qilingan:
«U Özi xohlagan kişilarga hikmat (foydali ilm) beradi. Kimga hikmat berilgan bölsa, demak, unga köp yaxşilik berilibdi. Bundan faqat oqil kişilargina eslatma olurlar» (Baqara surasi, 269-oyat).
Özidagi bilim va hunarni boşqalarga örgatuvçi ustozlarning fazilati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday deganlar:
«Albatta, Alloh taolo, Uning fariştalari, samovot va yer ahli, hatto kovagidagi çumoli va dengizdagi baliqqaça insonlarga yaxşilikni örgatuvçi kişiga salavot aytib turadilar» (Imom Termiziy rivoyati).
Barça payğambarlar ham insonlar uçun murşid, muallim va ustoz bölganlar. Bu haqda Qur'oni karimda şunday bayon qilingan:
«Öz içlaridan Allohning oyatlarini öqib beradigan, ularni (şirk va gunohlardan) musaffo qiladigan hamda ularga Kitob va Hikmatni ta'lim beradigan Payğambarni yuboriş bilan, Alloh möminlarga mehribonlik qildi. Ular esa bundan oldin aniq gumrohlikda edilar» (Oli Imron surasi, 164-oyat).
Uşbu oyatdan ma'lum böladiki, insonlarga yaxşilikni örgatuvçi, yomonlikdan qaytaruvçi, ilm-hikmatdan ta'lim beruvçi ustoz-murabbiylarning borligi Alloh taoloning uluğ ne'matidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir muborak hadislarida şunday marhamat qiladilar:
«Sizlarning eng yaxşingiz Qur'onni örganib, boşqalarga örgatuvçi kişidir» (Imom Buxoriy rivoyati).
Xalqimizda «ustoz otangdek uluğ», degan yaxşi gap bor. Darhaqiqat, ota insonning dunyoga kelişiga sababçi bölsa, ustoz unga hayotda qanday yaşaşni örgatadi. Şuning uçun ham mömin-musulmonlar namozlarining söngida Payğambarga salavot aytganlaridan keyin, ota-onalari qatorida ustozlarining haqlariga ham Allohdan mağfirat sörab duo qiladilar. Hozirgi kunda yurtimizdagi barça ta'lim muassasalarida yoşlarga turli sohalar böyiça ta'lim berayotgan ustozlarni alohida esga oliş, ularning izzat-ikromlarini örniga qöyiş har birimizning vazifamizdir.











