AQŞ prezidenti Donald Tramp 4 fevralda sud tomonidan uning immigratsiya farmonining bekor qilinişi oqibatida AQŞga öta xavfli odamlar kelişi mumkinligini aytdi.
"Farmon sudya tomonidan bekor qilingani oqibatida bizning mamlakatga juda yomon va öta xavfli odamlar kirişi mumkin", deb yozgan Tramp tvitterda.
Uning aytişiça, sudning bu qarori "dahşatlidir".
Avvalroq AQŞ içki xavfsizlik vazirligi (IXV) Trampning 7 ta musulmon davlat fuqarolariga AQŞga kirişini taqiqlovçi farmoni amal qilişini töxtatgani ma'lum qilingandi. Trampning özi bu qaror böyiça "Agar sudya IXV tomonidan kiritilgan taqiqlovni töxtata olsa va istalgan odam, hattoki ğaraz niyatli kimsalar ham AQŞga kela olsa, davlatimiz qayerga qarab ketmoqda?" degan savol bilan yuzlangan.

















