AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Detroyt va Sietldagi federal sudyalarning AQŞ hukumatiga 7 ta musulmon davlat fuqarolarining kirişini taqiqlaş haqidagi farmonning amal qilişini vaqtinçalik töxtatiş qarorini tanqid qildi.

"Sudyalarning mamlakatimizda huquq-tartibotning ta'minlanişiga putur yetkazuvçi fikrlari ğazabni keltiradi va bekor qilinadi", deb yozgan Tramp.

Avvalroq Detroyt va Sietldagi federal sudyalar Trampning immigratsiya farmoni amal qilişini töxtatişgan edi.

Sudyalarning qarori Miçigan ştati Şarqiy okrugi sudi tomonidan qonuniy doimiy rezidentlar va vizasi bor şaxslarga AQŞga kirişni rad etişga doimiy sud taqiqlovi joriy qiliş haqidagi iltimosiga javob bölgan.