Pekin Vaşingtonning Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritiş böyiça çoralarini tanqid qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Lyu Kanning ma'lum qilişiça, Pekin Vaşingtonga röyxatga Xitoy kompaniyalari va firmalari kiritilişi tufayli “taqdimnoma jönatdi”.

Uning sözlariga köra, bunday sanksiyalarda uçinçi tomon manfaati zarar köradi hamda ular ikki mamlakat örtasidagi özaro işonç munosabatlarini mustahkamlaşda “foydali emas”.

AQŞ Tehronning ballistik raketalar yaratiş dasturi tufayli sanksiyalar röyxatiga eronlik 25 nafar jismoniy va yuridik şaxsini ham kiritdi.

Xabar qilinişiça, çeklovlar qöllanilgan şaxslarning Amerika moliya tizimidan foydalanişi yoki ikkilamçi çeklovlar qöllanilişi mumkin bölgan xorijiy kompaniyalar bilan kelişuvlarga erişişi taqiqlanadi. Yangi sanksiyalar röyxati öz içiga Xitoyning bir neça kompaniyalari va uç nafar fuqarosini qamrab oldi.