Gabonda bölib ötgan Afrika millatlari kubogi finalida Kamerun Misrni 2:1 hisobida mağlub etib, boş sovrinni qölga kiritdi.

Uçraşuvning 22-daqiqasida Misr terma jamoasi öyinçisi Muhammad Al-Nanni hisobni oçdi. Biroq kamerunliklar 2-bölimda öyinda tub özgariş qilib, Nikolya N`Kuluning 59-daqiqadagi va Vensan Abubakarning 88-daqiqadagi gollari evaziga öyinni öz foydalariga hal qildilar.

Şu tariqa, Kamerun 2002 yildan beri birinçi marta uşbu musobaqa ğolibi böldi. Kamerun endilikda "Qora qit'a"ning eng nufuzli futbol musobaqasining 5 karra çempioniga (1984, 1988, 2000, 2002, 2017) aylandi. E'tiborlisi, keyingi Afrika millatlari kubogi aynan Kamerun mezbonligida ötadi.

Afrika millatlari kubogi. Final
Misr — Kamerun — 1:2
Gollar: Al-Nanni, 22 — 1:0, N'Kulu, 59 — 1:1, Abubakar, 88 — 1:2