APLning 24-turida «Mançester Siti» «Suonsi Siti»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlarga jamoaning braziliyalik yangi hujumçisi Gabriel Jyezus urgan ikki gol ğalaba keltirdi. U ikkinçi golni öyinga qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida urdi. «Suonsi» yarim himoyaçisi Gilfi Tor Sigurdsson 84-daqiqada hisobni tenglaştiruvçi golga mualliflik qilgandi.



Bu ğalaba evaziga «Mançester Siti» oçkolari sonini 49taga yetkazdi va turnir jadvalida uçinçi öringa kötarildi. «Suonsi» esa 21 oçkosi töplagan holda 15-örinni «Midlsbro» va «Lester Siti» jamoalari bilan bölişib turibdi.
Angliya premer-ligasi
24-tur
Mançester Siti – Suonsi 2:1 (1:0)
Gollar: Gabriel Jyezus (11, 90+2) – Sigurdsson (81).
Mançester Siti: Kabalero, Kolarov, Stounz, Klişi, Fernandino, Silva (Fernando, 90), Ture, Sterling (Aguero, 83), de Bryuyne (Sabaleta, 78), Sane, Gabriel Jyezus.
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll (Dayyer, 75), Kork, Rautledj (Narsingx, 65), Fer, Sigurdsson, Lorente (Baston, 83).
Ogohlantirişlar: de Bryuyne (42), Sterling (44) - Lorente (60), Kork (75).











