Özbekiston Milliy axborot agentligi taşkil etilganiga bugun 25 yil töldi.
Şu munosabat bilan agentlik xodimi Behzod Hidoyatov feysbukdagi sahifasida agentlik jamoasini tabriklagan.
"Bugun Özbekiston Milliy axborot agentligi taşkil etilganiga 25 yil böldi. Şu munosabat bilan ÖzA jamoamiz a'zolarini çin dildan tabriklayman. Ijodiy parvozimiz hamişa xayrli bölsin. Örtamizdan mehr-oqibat arimasin. Bir zamonlar Frans Rress, Associated Rress kabi agentliklar ham 25 yoşini nişonlagan. Demak, hali hammasi oldinda. ÖzA nomi hamişa, har qayerda jaranglayversin!", deya yozilgan tabrikda.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Milliy axborot agentligi 1992 yil 5 fevralda Özbekiston Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga asosan taşkil etilgan bölib, davlat rasmiy axborot manbai va mamlakatdagi yetakçi axborot agentligidir.
Bugungi kunda ÖzA Özbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni tölaligiça yoritib kelmoqda. Agentlikning viloyatlardagi muxbirlar tarmoği mamlakatning barça hududlaridagi özgarişlar va yangiliklar haqida tezkor va obektiv axborot uzatiş imkonini beradi.
ÖzA öz axborotlarini özbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatadi.












