Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Solaris sedanini namoyiş qildi. Model biroz kattalaşgan, taşqi va içki tomondan yangi dizayn hamda yangi modernizatsiyalaşgan dvigatellar olgan.

"Solyaris" avvalgi variantiga qaraganda uç santimetrga uzunroq va kengroq bölgan (mos ravişda 4405 va 1729 mm). Ğildiraklari bazasi ölçami esa 2600 mm ga yetadi. Şuningdek, ğildiraklarning şinasi qalinligi ham oşirilgan, yukxona hajmi esa 470 litrdan 480 litrgaça yetkazilgan.

Boşqa özgarişlar orasida özgaça 1,4 litr hajmli dvigatel bor. Bu dvigatelning quvvati avvalgi 107 ot kuçidan 99,7 ot kuçigaça kamaytirilgan.

1,6 litrli motorning quvvati avvalgidek 123 ot kuçi qilib qoldirilgan. 

Barça dvigatellar olti poğonali mexanik yoki avtomat uzatmalar qutisi bilan işlaşi mumkin. Keyinroq maşinaning 2 litrli dvigatelli versiyasi ham çiqariladi.

"Solyaris" 4 ta variantdagi jihozlaniş bilan taqdim qilinadi: Active, Active Plus, Comfort va Elegance. Standart jihozlanişga old xavfsizlik yostiqçalari, old elektr oynakötargiçlar, barqarorlaştiriş tizimi, şinalardagi bosimni nazorat qiliş tizimi kiradi.   

Maşinaning "Plus" versiyasida oynalar elektroprivodi, USB-portalli audiotizim, old örindiqlar isitgiçi, "Komfort" versiyasida esa çarm bilan qoplangan rul çambari, konditsioner, orqa elektr oynakötargiçlar va tumanga qarşi faralar böladi.

Maşinaning eng qimmatbaho varianti parktronik, yoruğlik datçigi, iqlim-nazorati, navigatsiya, linzali va tumanga qarşi faralar bilan jihozlanadi.

Şuningdek, qöşimça haq evaziga old oyna va orqa örindiqlar isitgiçlari, kalitsiz oçiş imkoniyati va orqa köriniş kamerasiga ega böliş mumkin.

Yangi Solaris’ning narxi hali ma'lum qilinmagan.