Statistika böyiça, hozirgi kunda har uçinçi inson köriş qobiliyati muammolaridan aziyat çekadi. Sabablar turfa xil, masalan: ekologiya, irsiyat, texnika buyumlari ta'siri (televizor, kompyuter).

Köriş qobiliyati sustlaşmasligi uçun muntazam çoralar körib boriş lozim:

  1. Har kuni köz uçun gimnastik maşqlarni amalga oşiriş.
  2. Köz gigiyenasiga töğri rioya qiliş.
  3. Foydali mahsulotlar iste'moli.
  4. Iloji boriça köproq toza havoda sayr qiliş.
  5. Texnika buyumlaridan imkoniyat darajasida kamroq foydalaniş yoki antikompyuter közoynaklari sotib oliş.

Köz salomatligini saqlaşning xalqçil usullari 

  1. Pişiqçilik davrida köp miqdorda çernika (rezavor meva) yeyiş kerak. U özining şifobaxş xususiyati bilan ajralib turadi: köz tör pardasidagi qon tomirlari işini jadallaştiradi; köz toliqişini kamaytiradi; muşak spazmlarini bartaraf etadi; köriş qobiliyatini asraş va yaxşilaşga yordam beradi.
  2. Miopiyadan aziyat çekuvçi barça bemorlar köproq sabzi iste'mol qilişlari tavsiya etilgan, uning foydasi bor. Miopiya, kon'yunktivit, blefarit, «şapkörlik» kabi kasalliklar bilan kuraşişda uşbu sabzavot samaralidir. Muntazam ravişda sabzi tanovul qiliş köriş qobiliyatini oşiradi, çarçoqni oladi va oğriqni kamaytiradi.
  3. Köriş ravşanligini oşirişga turtki böluvçilar qatorida yaşil kökatlar töplami alohida öringa ega (petruşka, ismaloq, ukrop ya'ni şivit, şovul, kök piyoz va boşqa kökatlar). Kökat tarkibi foydali mikroelementlar, vitaminlarga töyinganligi sababli yoşlik va tölaqonli köriş qobiliyatini uzoq yillar saqlab qolişga kömaklaşadi. 
  4. Kompresslar ham özining ijobiy ta'sirini namoyon eta oladi, masalan, asal va aççiq çoy birlaşmasi köpçilikka yaxşi taniş. Aççiq damlangan çoydan köz kasalliklarida yalliğlanişni bartaraf etuvçi loson sifatida foydalaniş xalq orasida keng tarqalgan.
  5. Aloe ösimligi bargi ham közga tomiziluvçi dorivor qorişma sifatida yaxşi samaraga ega. Aksariyat hollarda u suv yoki asal bilan aralaştiriladi. Bu malham köriş qobiliyatini oşiradi.
  6. Kartoşka suviga matoni namlab köz ostiga bosiş muşaklarni böşaştirib, çarçoqni oladi. 

Kasallikni davolagandan uni oldini oliş yengilroq keçadi.