Işxona yoki uyda uzoq vaqt kompyuter qarşisida böliş köriş qobiliyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Biz közoynak sotib olişga töğri kelmagunça bu jarayonni payqamaymiz. Heç kim köriş qobiliyati muammolari kelib çiqişidan himoyalangan emas, ammo buning oldini oliş yoki sekinlaştiriş yöllari mavjud.
Töğri ovqatlaniş tarkibida organizm öz vazifasini yetarli darajada bajarişi uçun kerakli bölgan vitamin, mineral va energetik qiymatga ega taomlarni iste'mol qilişni nazarda tutadi. Aynan köriş qobiliyatini yaxşilaş uçun har kuni qaysi mahsulotlarni tanovul qiliş lozimligini birgalikda körib çiqamiz.

Körişni yaxşilaydigan mahsulotlar
Agar organizm barça oziq moddalarni qabul qilsa, undagi immunitet mustahkam va turli kasalliklarga çidamli böladi, jumladan köriş qobiliyatiga aloqadorlariga ham. Kunlik ovqat ratsionimizda quyidagilar bölişi lozim:
1. Tvorog. Tarkibida V2 va V12 vitaminlari borligi sababli, nafaqat soç va tirnoqlar, balki köz içidagi moddalar almaşinuv jarayonlari uçun ham koni foyda.

2. Qovoq. Karotin, lyutein va zeaksantin köz tör pardasini mustahkamlaydi. Bu moddalar sabzi tarkibida, şuningdek barça apelsin tusidagi mahsulotlarda uçraydi. Yaqindan körişda (miopiya) qovoqni doimiy ravişda tanovul qiliş tavsiya etiladi. Qöşimça qiladigan bölsak, u organizmning toksinlardan xalos bölişida ham öz hissasini qöşadi.

3. Qorağat. Köz bilan muammolarga birinçi marta duç keliş bilan qorağatdan yordam oliş mumkin. Tarkibidagi S vitamini qon aylanişini yaxşilaydi va köz olmasidagi tomirlarni tozalaydi. Qorağat bilan birgalikda, olça, gilos, na'matak va örik ham foydali.




















