Amerikaning Apple korporatsiyasi Hindiston hukumatidan soliqlarni tölaşda bir qadar yengilliklar berişni, şuningdek mamlakatda avval işlatilgan iPhone smartfonlarini sotişga ruxsat berişni söradi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga köra, Apple ayni damda respublika hududida aytilgan smartfonlar işlab çiqarişni taşkillaştiriş masalasini muhokama qilmoqda. Korporatsiya hind hukumati bir qator yengilliklar berişidan umidvor bölib turibdi. Ular orasida mamlakatda avval işlatilgan iPhone qurilmalarini arzonlaştirilgan narxda sotiş, Apple uçun 15 yilga soliq tölaş borasida imtiyozlar beriş, şuningdek bojlar miqdorini pasaytiriş bor.
Bloomberğning ta'kidlaşiça, Apple Hindiston hukumati bilan kelişuvga erişsa, Bangalor şahrida smartfonlar işlab çiqarişni aprel oyi oxiridayoq boşlaşi mumkin. Şu bilan bir qatorda, agentlik respublika hukumati işlatilgan iPhone’larni sotiş ğoyasiga bir qadar salbiy munosabatda ekanini aytmoqda. Bu qurilmalarning narxi 200 dollardan kamroq bölişi mumkin. Amaldorlarning fikriça, bu mamlakatdagi mobil uskunalar bozoriga salbiy ta'sir körsatişi aniq.
Bloomberğning körsatişiça, Hindiston hukumati avval heç bir kompaniyaga respublikaga işlatilgan smartfonlarni olib kirib, sotişga ruxsat bermagan. Apple esa tegişli litsenziya berilsa, qurilmalar Hindiston hududida kerakli texnik xizmatdan ötişini va'da qilgan.












