Feysbuk foydalanuvçilariga «Maktab,kollej, akademik litseylarda öquvçilarning davomati nima uçun past deb öylaysiz?» savoli bilan murojaat qilindi. Bu mavzu ijtimoiy tarmoqda keng muhokama qilindi. 

Kimdir maktab va kollejlarda işlayotgan öqituvçi-pedagoglarni layoqatsizlik, bilimsizlikda ayblagan bölsa, ayrimlar hamma ayb yaxşi işlamayotgan ta'lim tizimida ekani, bu tizim inqilobiy islohotlarga muhtoj ekanini ta'kidladi. Köpçilik esa kollej yoki akademik litseyga borgandan köra pulini berib qöyib, öqişga kiriş uçun repetitorga qatnaş foydali ekanini aytib ötgan.

Taniqli bloger Sanjar Said munozaraga qöşildi va post ostida qoldirilgan fikrlar va takliflar asosida blogpost tayyorladi.

«Nega heç kim qabul paytidagi ğirromliklar haqida bahs yuritmaydi? Agar test tizimi adolatli bölsa nega çalasavod bolalar talaba bölişadi? Biz öqituvçilarni ayblaşdan oldin avval savol qöyaylik, ya'ni biz öqituvçi oldidagi vazifa va majburiyatlarimizni töliq bajaryapmizmi? Ularni vazifalariga kirmaydigan işlarni qilişga majburlayotgan kimlar va nega ular haqida qizğin bahs olib bormaymiz? Öqituvçi bironta mansabdorning çalasavod bolasiga baho qöymasa holi nima keçadi? Buni bilmaymizmi? Nega köpgina davlatlarda öqişga qatnaşiş majburiy bölmasada talabalar darsga öz ixtiyorlari bilan qatnaşişadi? Nega maktab, litseylarda bolalar özlari qiziqişib öqişadi? Çunki maktabda yaxşi öqimasa oliygohga kira olmaydi, yaxşi mutaxassis böla olmaydi. Mavzu davomat haqida va meni qisqaça javobim ham şuki ilmga, ta'limga talab yöq. Ana şu konkret javob. Endi nega talab yöq? Uni özimizdagi turli «çilik»lardan axtariş kerak», degan munozarada faol qatnaşgan Farhod Abdurahmonov ism-şarifli internet foydalanuvçisi.

Sanjar Saidning «Davlat davomatni ta'minlaş va ta'lim sifatini oşiriş uçun nima qilişi kerak?», degan savoliga Farhod Abdurahmonov quyidagiça javob qaytargan:
«Fikrimizça, avvalo uşbu masalani hal etişda tizimli yondaşiş kerak. Men bir söz bilan nima demoqçi ekanligimni tuşuntirmoqçiman. Agarki muayyan bir maqsadga erişişning yagona yöli faqat bitta haqiqat bölsa va davlat uni ta'minlasa, unda poraxörlik yöqoladi. Misol uçun, öqişga kirişning yagona yöli faqat bilim darajasi bölsa unda poraxörlikka örin qolmaydi. Agar öqişga kiruvçi talabgor qişloqdanmi, şahardanmi, boyning bolasimi, kambağalning bolasimi, harbiy xizmatda bölgan yoki bölmaganmi, amaldorni bolasimi yoki oddiy işçining farzandimi, otasi prokurormi yoki farroşmi qat'i nazar, öqişga kirişda bitta mezon bolaning bilimi bölsa va boşqa har qanday çirkin işga yöl qöyilmasa ana şunda institutga kiriş şarafiga haqiqiy bilim sohibi ega böladi. Bu masalaning bitta tomoni, endi oliy tizimni tugatgandan keyin işga kiriş masalasida ham poraxörlikni barham toptiriş kerak. Bu yerda ham yuqoridagi tamoyil hukmron bölmoği darkor, ya'ni işga qabul qilişda bitta mezon bolaning haqiqiy muayyan soha böyiça bilimi bölişi kerak.Agar men bir narsaga amin bölsamki va şu amin bölgan narsam haqiqatda jamiyatda real işlayotgan bölsa unda meni unga ergaşişdan boşqa yölim qolmaydi. Boşqaça aytganda, Men kim bölişimdan, Ota-Onam kim bölişidan (amaldormi, boy yoki kambağal), qarindoşim kim bölişidan va hokazolardan qat'i nazar davlatimda şunday bir tizim yaratilgan bölsaki, unda men oliy ma'lumotli mutaxassis bölişim uçun albatta maktabda yaxşi öqişim kerak bölsin va faqat şundagina öqişga kira olsam, keyin işga kirişim uçun faqat yaxşi mutaxassis bölsam qabul qilinişim mumkin bölsa va boşqa har qanday yöl berk bölsa, şundagina har bir bola öqişga harakat qiladi, ularning Ota-Onalari ham bu işda köproq mas'ul böladilar. Bu holat poraxörlikka barham beradi. Endi hozirgi holatni tahlil qilib köraylik, biz hammamiz bir-birimizni aldayapmiz…»