Citroen kompaniyasi C-Aircross ixçam krossoverini taqdim etdi. Unda eşiklar turli tomonlarga oçiladi. Nissan Juke’ga raqobatçi bölişi kutilayotgan yöltanlamas premerasi Jyenevada mart oyidagi motorşouda bölib ötadi.
Maşinaning uzunligi 4,15 metr, kengligi – 1,74 metr, balandligi esa – 1,63 metrni taşkil etadi. Avtomobil orqa köriniş közgulari örniga kameralar va salon közgusi ortida videoqayd etiş uskunasi bilan jihozlangan. U haydovçi buyruğiga köra suratlarni olişi va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişi mumkin.

Salon rul çambaragi orqasida çiquvçi oynali displey örnatilgan bölsa, markaziy konsolda – 12 dyuymli multimediya tizimi ekraniga ega. U 3D-xaritalarga ega navigatsiya tizimi va internetga kirişi mumkin.
Bundan taşqari, orqa va old boş qöyiş joylarida maxsus dinamiklar hamda mikrofonlar örnatildi, ular salonda ajoyib tovuşni taqdim etadi. “Sitroyen”da aytişlariça, bu yölovçilarga bir-birlari bilan suhbatlaşiş yoki bir-birlariga halal bermagan holda öz işlari bilan şuğullaniş imkonini beradi.

C-Aircross’da Grip Control tizimi örnatilgan. U barqarorlaştiriş tizimi algoritmlarini yaxşilaydi.
Taxminlarga köra, bu avtomobil joriy yilning oxiridayoq seriyali işlab çiqarilişi mumkin.
















