Citroen kompaniyasi yangi C5 Aircross seriyali yöltanlamasni namoyiş etdi. Uning jahon premerasi Şanhaydagi avtoşouda bölib ötadi. Modelning eng muhim öziga xos jihatlaridan biri har bir yölovçining özini qulay his etişi uçun xizmat qiluvçi içki qismdir. «Sitroyen»da krossoverga  «odamlarga möljallangan» deb ta'rif berişdi.

Yöltanlamasning uzunligi 4,5 metr, eni – 1,84 metr, balandligi esa – 1,67 metrga teng. Ğildirak bazasi ölçami esa 2,73 metrni taşkil etadi. Yukxona hajmi - 482 litr.

Citroen C5 Aircross EMP2 negizida qurilgan bölib, yöltanlamas seriyali «Sitroyenlar» orasida birinçi bölib «progressiv gidravlik yostiqçali» yangi ilgakka ega. Bu yurişdagi siqiş va uzilişdagi ikkita gidravlik stopordir. Ular ikkiquvurli amortizatorlarda örnatilgan hamda yoriqdan himoyalaydi. Katta teşiklarda gidravlik stopor zarba kuçini bir qadar pasaytiradi. 

C5 Aircross saloni ikki rangdagi örindiqlarga ega, oldingi örinlarda esa massaj, lyukli panoramali tom, 12,3 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va sakkiz dyuymli multimediya majmuasi taçskrini, atrofni videoköriş tizimi bor.

Şu bilan birga, yangilik xavfsizlik va haydovçiga yordam tizimiga ega – ular orasida, avtomatik ravişda tezkorlik bilan töxtaş va polosada uşlab turiş, şuningdek adaptivli maşinani butunlay töxtatiş imkoniga ega kruiz-nazorat bor.

Motor haqida hozirça heç narsa ma'lum emas, biroq Citroen’dan xabar berişlariça, yöltanlamas markaning gibridli kuç qurilmasi hamda taşqi tarmoqdan quvvat oliş imkoniga ega birinçi modeli böladi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, yöltanlamas 1,2 dan 2,0 litrlik hajmga qadar bölgan motorlar bilan taklif etilişi mumkin. Bunday ot kuçi 120-180ni taşkil etadi. Töla uzatma faqatgina gibridda böladi, qolgan nusxalar esa oldingi uzatmaga ega bölişadi.

Xitoyda C5 Aircross 2017 yilning oktabridan sotila boşlanadi, Yevropa bozoriga esa 2018 yilning oxirlarida çiqariladi.