Dubay qirollik oilasida birinchi uchuvchi ayol paydo bo‘ldi

Dubayning hukmron oilasi Al-Maktumlar oilasidan bo‘lgan qiz ushbu oilaning tarixidagi birinchi ayol uchuvchi bo‘lib, noyob orden bilan taqdirlandi.
BAAning aviatsiya sohasi unda uchuvchidan tortib muhandisgacha sifatida faoliyat yurituvchi ayollarning ko‘pligi bilan maqtana oladi.
Dubay malikasi Latifaning instagramdagi akkauntidan Al-Maktumlar oilasining vakilasi – Mo‘za Al-Maktum professional uchuvchilar safini to‘ldirgani ma'lum bo‘ldi. U qirollik oilasidagi tijorat parvozlarini amalga oshiruvchi birinchi ayol uchuvchi bo‘ldi. "Mening jiyanim @mozahmm – oiladagi birinchi ayol uchuvchi tijorat parvozlari uchuvchisi sifatida birinchi parvozi vaqtida. Biz sen bilan faxrlanamiz! Osmon – chegara emas. Biror narsa ishonguninggacha, unga erisha olasan", deb yozilgan qizning uchuvchi kiyimidagi suratiga berilgan izohda.
Qirollik oilasining boshqa a'zolari ham instagramda qizga o‘z tabriklarini bildirib, u bilan faxrlanishlari va uning yutuqlaridan xursand ekanliklarini izhor qilishgan.
Mo‘za aynan qaysi aviakompaniya samolyotlarini boshqarishi haqida ma'lumot hozircha bo‘lmasa-da, uning egnidagi kiyim Emirates aviakompaniyasi uchuvchilarining kiyimini eslatib yuborgan.
2016 yilda Etihad Airways aviakompaniyasi unda ishlaydigan BAA fuqarolaridan yarmidan ko‘pini ayollar tashkil qilishini, jumladan 50 nafar ayol uchuvchisi borligini e'lon qilgan. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi BAAlik ayollardan eng mashhuri qiruvchi samolyot uchuvchisi Maryam Al-Mansuriy hisoblanadi. U Suriyadagi terrorchilik guruhlariga qarshi hujumlarda ishtirok etgani bilan tanilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
-
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

21:07 / 05.10.2024
Emirates yo‘lovchilarning samolyot bortiga peyjyer va ratsiyalar olib chiqishini taqiqladi

21:24 / 10.08.2021
Styuardessa yorqin reklama uchun dunyodagi eng baland bino uchida 5 soat o‘tkazdi

17:09 / 10.01.2019
Ekstremal sharoitda eng katta samolyotning xavfli qo‘nishi videoga olindi

15:29 / 18.10.2018