Yevropaning eng badavlat kişilari orasida turli şaxslar bor. Ularning ba'zilari öz pullarini özlaridan avvalgi avloddan meros qilib olişgan, boşqalari esa öz kuçi va harakati bilan yuqori çöqqilarni zabt etgan kişilar hisoblanadi. InsiderPro Yevropaning eng badavlat kişilar röyxatini taqdim etdi. Reyting Forbes röyxati asosida tuzilgan. Unda ba'zi mamlakat vakillari yöq, çunki u yerlarda bu röyxatga munosib badavlat kimsalar topilmadi.

 

Ruminiya. Ion Tsiriak. 1 milliard dollar

Ruminiyaning eng badavlat kişisi "Braşovlik buldozer" nomi bilan maşhur. Sobiq professional tennisçi va xokkeyçi 1989 yilda Ruminiyada kommunistik rejimga çek qöyilgandan söng bank, çakana savdo va suğurta sohalariga pul "tikib", boyişga muvaffaq bölgan.

 

Monako. Tatyana Kaziragi. 2,3 milliard dollar

Pivo imperiyasi merosxöri Ta­tya­na San­to-Do­min­go — Mo­na­koning eng badavlat fuqarosi va Kaziragi qirollik oilasi a'zosi. U öz mablağlarning asosiy qismini marhum bobosidan meros qilib olgan. Bobosi 2005 yilda öziga tegişli Bavaria pivo konsernini (Kolumbiya) bir neça milliard dollarga sotib yuboradi. U şahzoda An­drea Ka­zi­ra­gi Hannoverga turmuşga çiqqan, Andrea - Monako qirolligiga nomzodlar safida törtinçi örinni egallaydi.

 

Ukraina. Rinat Axmetov. 3,5 milliard dollar

Rinat Ax­me­tov Donetskda, konçilar oilasida dunyoga kelgan. Biznesga esa 1990-yillarda qadam qöygan. U 2000-yillar boşidan Ukrainaning eng badavlat kişilaridan biri hisoblangan. Uning "Si­stem Kepi­tal Me­nedj­ment" guruhi kömir, toğ-kon, koksokimyoviy, metallurgiya va quvur sanoati, şuningdek elektr energiyasi, telekommunikatsiya va bir qator boşqa sohalardagi korxonalarni birlaştiradi. 2014 yilda mamlakat şarqida boşlangan uruş Axmetovning moliyaviy ahvoli taxminan uç barobar kamayişiga sabab böldi. Şunga qaramay, u avvalgidek ukrainalik boşqa oligarxlardan bir neça barobar badavlat.