«Mançester Yunayted» jamoasi hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç APLning 24-turida «Lester»ga qarşi ğalabali uçraşuvdan keyin muxbirlarning savollariga javob qaytardi.
«Menda maqsad bor, ammo bu maqsadimni sizlarga aytmoqçi emasman. Bu fikr boşimda yaşab tursin, hali maqsadimga yetişganim yöqku», dedi futbolçi.
«Gap nima haqda?» – deya söragan jurnalistlardan biri.
«Barçasi oddiy: Men har mavsumda qilişni istaydigan iş. Bu, bir tomondan yangi çöqqi emas, ammo men uçun muhim ahamiyatga ega. Hozir men imkoniyatlarim yetganiça uddalayapman. Bunda menga jamoadoşlarim yordam berişmoqda», deya javob qaytargan Ibrahimoviç.
Şvetsiyalik hujumçi Angliya çempionatiga kelişiga tanqidiy nazar bilan qaragan ekspertlarni eslab ötgan. Köpçilik bu maşhur va şu bilan birga faoliyatining oxirgi bosqiçiga ötgan bu futbolçi Premer-liganing şiddatiga javob bera olmasligini taxmin qilgandi.
«Bilaman, Angliya Ibrahimoviç 20 gol ura olmasligi haqida gapirgan odamlar bilan töla. Ammo bu meni taşvişga solmaydi. Men hozirgaça 20 gol urib böldim va 7ta golga pas berdim. Ötgan mavsumda bu natijani qayd etişim oson edi, ammo hozir hammasi boşqaça», deydi şvetsiyalik hujumçi.
Bu futbolçi özi uçun APL töpurari böliş yoki jamoasiga YeÇL yöllanmasini qölga kiritişda yordam berişdan qaysi biri muhimroqligi haqidagi savolga ham javob bergan.
Ayni vaqtda APLning eng yaxşi töpurari «Everton» hujumçisi Romelu Lukaku bölib turibdi, u Ibrahimoviçdan 12 yoş kiçik. U 16ta gol urgan. Ikkinçi, uçinçi va törtinçi örinlarni Zlatan Diyego Kosta («Çelsi») va Aleksis Sançes «Arsenal» bilan 15tadan gol urgan holda bölişib turibdi.
«Bilasizmi, menga har kuni nima motivatsiya beradi. Tanqidlar va çempionatdagi poyga. Menga APLdagi muhit juda yoqadi, men bu ligadaligimdan bahra olişda davom etişni istayman. Qanday iştirok etişimizdan qat'i nazar. Mening birinçi galdagi maqsadim – «Mançester Yunayted»ga ğalaba qozoniş uçun yordam beriş. Men barça jamoadoşlarim qatori bu maqsad yölida bor imkoniyatimni işga solaman. Buni özingiz ham ham körib turibsiz.
Hozirda maqsadimiz aniq: kuçli törtlikka kiriş va Çempionlar ligasiga yöllanma oliş», deydi futbolçi.
Köplab ekspertlar mavsum çempioni «Çelsi» bölişini taxmin qilişmoqda. Zlatan esa öz jamoasi çempionlik poygasida buriliş yasaşiga işonç bildirdi.











