AQŞ Ukrainada nima bölayotganini aniq bilmaydi, ammo buni aniqlaş kerak, deya bayonot bergan Amerika rahbari Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Telekanal boşlovçisi Bill ÖReyli Trampga Ukrainada bölayotgan voqea-hodisalarning öz talqinini sözlab bergan. Uning sözlariga köra, Putin va Trampning telefon orqali suhbatidan söng, "Ukraina şarqidagi rossiyaparast kuçlar zöravonliklarni kuçaytirgan". Şundan söng, ÖReyli Trampga yuzlanib, buni haqoratdek qabul qilgani yoki yöqligiga qiziqqan.
"Yöq, qabul qilmadim, çunki biz u yerda nima bölayotganini aniq bilmaymiz. Ular ...parast kuçlar, biz aniq bilmaymiz, ular nazorat qilinayaptimi yoki yöqmi — şunaqasi ham bölib turadi. Biz aniqlaymiz. Men taajjubda qolaman agar... ammo köramiz", — degan Tramp.
Oq uy ma'muriyati Amerika yetakçisining Ukraina prezidenti bilan telefon orqali muloqotidan söng ma'lum qilişiça, Tramp Ukraina çegarasi hududida tinçlikni örnatiş maqsadida Rossiya, Ukraina va boşqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qiliş niyatida ekanini aytgan.












