Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Jyeki Chan qadrdon kaskadyorlar bilan uchrashuvida ko‘z-yoshlarini tiyib tura olmadi
20 yanvar kuni Xitoyda efirga uzatilgan ko‘ngilochar Ace vs Ace shousi Jyeki Chan kaskadyorlar jamoasining 40 yillik yubileyiga bag‘ishlandi. Jahon tan olgan aktyor o‘z yordamchilarining birinchi avlodi bilan ko‘rishdi. Huffington Post ushbu hayajonli shoudan lavha taqdim etdi.
Aktyor ekranda ilk kaskadyorlar jamoasi a'zolari bilan bog‘liq kadrlarni tomosha qilib, xotirlayotgan bir paytda ular bilintirmay Channing orqa tarafiga tizilib olishdi. Kutilmaganda do‘stlariga ko‘zi tushgan aktyor samimiy ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi.
"Birodarlar, sizlar bilan qachondan beri ko‘rishmabmiz. Kimlardir oramizda yo‘q, bizning ham birga bo‘lish uchun vaqtimiz ko‘p emas. Yillar davomida yonimda bo‘lganingiz uchun tashakkur", - dedi Chan.
Mavzuga oid
00:53 / 12.08.2025
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
17:43 / 06.06.2025
Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakrab Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
21:55 / 13.07.2021
Jyeki Chan Xitoy kommunistik partiyasiga a'zo bo‘lmoqchiligini ma'lum qildi
21:28 / 18.11.2020