“Temir odam” nomi bilan ham ma'lum bölgan 36 yoşli kaskadyorning ölimiga baxsiz hodisa sabab bölgan. Voqeaning boşqa tafsilotlari keltirilmagan.    

“Jetman uçuvçisi Vinsent Reffe 17 noyabr ertalab Dubayda maşğulot vaqtida halok bölganini çuqur qayğu bilan ma'lum qilamiz”, deb xabar qilgan jamoa Instagram’da.

Reffe köplab esda qoladigan tryuklar bajargan, biroq birinçi navbatda Dubay sohillari uzra Jetman reaktiv moslamasi bilan amalga oşirgan parvozlari bilan nom qozongan edi. Uçuvçi orqasiga örnatiluvçi 4 motorli qanotdan iborat moslama 400 km/soatgaça tezlik bilan parvoz qiliş imkonini beradi.

Reffe Jetman’ni ixtiro qilgan şveysariyalik Iv Rossi bilan 2015 yil Dubayda özining maşhur parvozini amalga oşirgandi: ular reaktiv moslamalar yordamida osmonda Airbus A380 samolyoti bilan yonma-yon uçib borişgan va dunyodagi eng baland bino Burj-Halifa atrofini aylanib çiqişgan. 

Bundan taşqari, Reffe maşhur tryuklaridan birini Şveytsariyada amalga oşirgan. U Yungfrau toğidan vingsyut qurilmasida sakrab, parvozdagi samolyot içiga uçib kirişga muvaffaq bölgan. 

Joriy yil fevralida esa kaskadyor hamkasblari içida birinçi bölib reaktiv moslamada yerdan kötarilişga muvaffaq bölgandi. Bungaça uşbu moslama bilan parvozlar faqatgina balandlikdan va uçib ketayotgan samolyotlardan amalga oşirilgan. Reffe uşbu urinişi vaqtida 100 metr balandlikka 10 soniyada kötarila olgan. Uşbu tryukdan keyin Reffening muxlislari uni “Temir odam” deb atay boşlaşgan.

“Bu erkinlik hissidir. Bu maşina bilan men quş kabi uça olaman”, deb aytgan öşanda Reffe parvozdan keyin.