Minorali örmon Nanjing Towers (Nantszin minorasi) nomini olgan bölib, 2018 yil Xitoyda qurib bitkazilişi rejalaştirilgan. U Osiyoning eng birinçi vertikal örmoniga aylanadi. 

Italiyalik arxitektor Stefano Boyeri tomonidan loyihalaştirilgan minoralarning biri - 656 fut va ikkinçisi esa 354 fut balandlikda böladi. Ular orasida esa 1000dan ortiq daraxt, 23 mahalliy turdagi 2500ga yaqin buta joylaştiriladi. Eng baland minorada ofis, muzey, yaşil arxitektura maktabi va tomda esa klub quriladi. Ikkinçi minorada 247 xonali Hyatt mehmonxonasi va binoning eng ustki qismida basseyn joylaşadi. 

Balkonlar esa mehmonlarga mahalliy  bioxilma-xillikni tiklaşga yönaltirilgan ajoyib manzarani hadya etadi. Bu Stefano loyihalaştirgan birinçi vertikal örmon emas. Ulardan biri allaqaçon Milanda qad rostlagan, ikkinçisi esa Şveytsariyaning Lozann şahrida qurilişi rejalaştirilgan. 

Tobora ifloslanib borayotgan dunyoda mazkur yaşil inşootlar haqiqiy toza havo nafasini olib keladi.