Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona şahrining çegaralarini özgartiriş töğrisida farmon berdi. Bu haqida Oqörda matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezident saytida şunga muvofiq farmon matni berilgan. 

"Qozoğiston Respublikasi Qonunining "Qozoğiston Respublikasining ma'muriy-hududiy joylaşuvi töğrisida"gi 9-moddasiga muvofiq:

1. Ostona şahrining çegaralari özgartirilsin, joriy farmon ilovasiga köra Oqmöla viloyati Tselinograd tumanining umumiy maydoni 8 719 gektar bölgan qismini uning tarkibiga kiritilsin.

2. Farmon çop etilgan kundan boşlab rasman kuçga kiradi".