Anatoliy Yaroslavtsev "Daromadlarning pasayişi rossiyaliklarni uy-joysiz qoldiradi" («Nezavisimaya gazeta», 30.01.17) maqolasida Rossiyada yangi uy-joylarga bölgan talab kamayayotgani va bu quriliş sohasi inqirozini yanada çuqurlaştirayotganini ta'kidladi.
2016 yil yakunlariga köra, uy-joy qurilişi 6,5 foizga kamaygan. Qurilişlar birgina sabab bilan töxtab qolmoqda - daromadlarning sönggi ikki yilda deyarli ikki barobarga pasayişi fuqarolarga turar-joyga mablağ töplaş uçun imkon bermayapti. Bundan taşqari, köçmas mulk bozoridagi faollik pasaymoqda. 2015 yil bilan taqqoslaydigan bölsak, 2016 yilda 1,1 foizga kamroq yangi kvartiralar bunyod etilgan.
Tahlilçilar köçmas mulk bozoridagi salbiy dinamikaning asosiy sababi iqtisodiyotda çözilib ketgan inqiroz, aholi daromadlarining pasayişi, mehnat bozoridagi turğunlik ekanligini qayd etişmoqda. 2016 yil yakunlariga köra, aholining real daromadlari pasayişi deyarli 6 foizni taşkil qilgan, 2015 yilda esa bu körsatkiç 3,2 foizdan iborat bölgan. Aholi daromadlari qançalik past bölsa, yirik xaridlar, şu jumladan uy-joyga mablağ töplaş şunçalik qiyin böladi. Bundan taşqari, ipoteka krediti ham muhim omil hisoblanadi.
Biroq ekspertlarning bir qismi birlamçi bozordagi ijobiy dinamikaga işora qilişmoqda. 2016 yilning ilk uç çoragida 440 ming uluş iştiroki muzokaralari qayd etilgan. Bir yil avval esa bu körsatkiç 429 mingni taşkil qilgan. Ötgan yillarga qiyoslaganda ipoteka bozorida ijobiy tendensiya kuzatilgan. Moskvada ipoteka zayomlarini beriş 16 foizdan köproqqa oşgan. Asosiy sabab - rubl kursining mustahkamlanişi va kredit foizini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega MB asosiy stavkasining pasayişi.
2017 yilda RF uy-joy bozorida qayta tiklangan tendensiyalar taraqqiy etadi. Eng avvalo, birlamçi bozordagi xaridorlar faolligi oşadi.












