Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi Newport turar joy majmuasi bilan boğliq holat yuzasidan izoh berdi.

Keça, 4-avgust kuni Toşkent şahar prokuraturasi bu majmua qurilişi munosabati bilan uyi buzilgan vatandoşlarga kompensatsiya tölanmayotgani masalasini örganib, ularning uyi özboşimçalik bilan buzib taşlangani, qolaversa bu yerda bitta 20 qavatli, ikkita 19 qavatli, bitta 12 qavatli va bitta 2 qavatli turar joylar noqonuniy qurilganini ma’lum qilgan va holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi holatga tegişli idoralar tomonidan yetarli e’tibor qaratilmagani haqida fikrlar bildirilmoqda. 5-avgust kuni Quriliş va uy-joy sohasida nazorat inspeksiyasi bu fikrlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Inspeksiyaning ma’lum qilişiça, “Mega Logistics Service” MÇJga tegişli hududda jami 9 ta blokda quriliş-montaj işlari amalga oşirilmoqda. Şundan 3 ta blok böyiça Arxitektura va şaharsozlik kengaşi işçi organining ijobiy xulosasi hamda tegişli ijobiy ekspertiza xulosalari mavjud bölib, uşbu hujjatlar asosida mazkur bloklarda quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun Toşkent şahar hududiy nazorat qiliş inspeksiyasidan belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan.

Qolgan 6 ta blokda esa quriliş-montaj işlari Inspeksiyadan belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmasdan olib borilayotgani nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan buyurtmaçi – Mega Logistics Service'ga bir neça marta bajarilişi majburiy bölgan yozma körsatmalar berilgan. Ularda quriliş-montaj işlarini belgilangan şaharsozlik hujjatlari asosida hamda ob’yektni Inspeksiyadan tegişli tartibda röyxatdan ötkazgan holda amalga oşiriş talab etilgan.

Biroq yozma körsatmalarda belgilangan talablar bajarilmagani sababli buyurtmaçining mas’ul mansabdor şaxslari belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilgan