Internet tarmoğida Stounxenjning ulkan qiyofadoşiga doir video va fotosuratlar paydo böldi. Ular tropik Amazonka örmonlarida topildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Daily Express naşrining xabar qilişiça, braziliyalik olimlar tomonidan kaşf qilingan geogliflar taxminan 2 ming yillar muqaddam paydo bölgan. Ularning ayrimlari 40 tonnadan oğir ekani ta'kidlanmoqda.
Tadqiqotçilarning fikriça, Amazonka pasttekisligidagi uşbu eng qadimgi qölbola inşootlar diniy marosimlarda öziga xos vazifani bajargan. Olimlarning taxmin qilişlariça, Janubiy Amerikaning tropik örmonlari köplab insoniyatga ma'lum bölmagan sirlarni yaşiradi.
Stounxenj (inglizça: Stonehenge) — megalitik inşoot bölib, Angliyaning Uiltşir grafligida joylaşgan. U doira şaklidagi tuproq va toşlar aralaşmasidan yasalgan majmuadir. Londondan 130 km janubi-ğarbda joylaşgan. Stonehenge dunyodagi eng maşhur arxeologik yodgorliklardan biri bölib, Angliyadagi yangi toş davri va bronza davriga doir yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Inşoot va uning atrofi 1986 yilda YuNeSKO butunjahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.











