AQŞ armiyasi muhandislik korpusi Şimoliy Dakota ştatida Dakota Access neft quvurini barpo etiş uçun zarur bölgan yakuniy xulosasini taqdim etdi. Reyter agentligi şu haqda xabar qilmoqda.
Ötgan yilda işga tuşirilişi kerak bölgan loyiha bir neça yuz nafar faolning noroziligi sabab töxtab qolgan edi. Namoyişçilar neft quvuri içimlik suvi sifatiga hamda hindularning muqaddas yerlarini poymol qilinişiga olib kelişini ta'kidlaşgan edi. Loyiha operatori Missuri daryosi uzra ötuvçi quvurga ruxsat olişi kerak edi.
2016 yil dekabrida AQŞ hukumati namoyişçilarning talabini qabul qilib, quvur yönalişini özgartirişga va'da berdi. Biroq, yanvar oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp neft quvurini qurişni qayta boşlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Loyihaga qarşi çiqayotgan siu qabilasi advokati Jan Hasselman quvurni qurişga ruxsat berilsa, qabila xulosani sudda muhokama qilişi haqida bayonot bergan edi. Xabarlarga köra, neft quvuri iş boşlanganidan söng 90 kun içida qurib bitkaziladi.
Loyihada joriy yil ikkinçi çoragidan işga tuşirilişi kerak.












