Apple kompaniyasining hisobotiga köra ötgan yilning törtinçi çoragida Apple Watch soatlaridan 6 million dona sotilgan. 9to5Mac xabariga köra, bu «aqlli» soatlar bozorining 80 foizi demakdir.
2016 yil oxirida korporatsiya rahbari Tim Kuk Apple Watch soatlari sotilişi oxirgi hisobot davrida «barça rekordlarni yangilagani» haqida ma'lum qilgandi. Bu turdagi soatlar sotilişidan Apple 2,6 milliard dollar işlab olgandi.
Apple rahbari «aqlli» soatlar 2016 yilda «eng ommabop sovğalardan biri»ga aylanganini ta'kidlagandi. Kuk savdolar hajmi böyiça aniq raqamlarni keltirmagandi.
Undan oldinroq esa IDC tadqiqot kompaniyasi 2016 yilning uçinçi çoragida Apple Watch savdolari 2015 yilning şu davriga nisbatan 71 foizga tuşib ketib, 1,1 million donani taşkil qilganini ma'lum qilgandi.












