Dunyodagi eng yirik mis qazib oluvçi kon - Eskondida öz işini töxtatmoqda. Bu haqda Reuters Union No.1 konçilar kasaba uyuşmasi ittifoqi yetakçisi Patrisio Tapiaga asosan xabar berdi.
Tapianing ma'lum qilişiça, BHP Billiton toğ-kon kompaniyasi bunday qarorga konçilarning iş taşlaşi tufayli kelgan.
Kasaba uyuşmasi rahbarining aniqlik kiritişiça, işlar şaxtaning eng muhim obektlari – birinçi va ikkinçi elektroliz sexlari hamda gidrometallurgiya uskunalarida töxtatilmoqda.
Ma'lumot uçun, Eskondida koni Peru şimolidagi Atakama sahrosida joylaşgan. 2015 yilda konda dunyodagi barça misning 6 foizi qazib olingan.












