2016 yilda Yevropada örnatilgan şamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati kömirda işlovçi issiqlik elektr stansiyalari quvvatidan oşib ketdi. Bu haqda WindEurope ma'lumotlarida aytilgan.

Şu tariqa, mintaqada şamol elektr stansiyalari quvvati 153,7 gigaVatt.ni taşkil etgan bölsa, ulardan olingan elektr energiyasi Yevropa mamlakatlarida iste'mol qilinuvçi barça elektrning 10,4 foiziga teng böldi. Bundan taşqari, bir yil davomida sohaga kiritilgan investitsiyalar 4 foizga ösib, 27,5 milliard yevroni taşkil etdi.

Ta'kidlanişiça, şamol energetikasiga eng köp e'tibor hamon Germaniya tomonidan qaratilmoqda, keyingi örinlarda Ispaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bormoqda.

Avvalroq Niderlandiyadagi barça poyezdlar şamol kuçi orqali işlab çiqariluvçi elektr ta'minotiga butunlay ötgani xabar qilingandi.