Fransiya şimoli-ğarbidagi “Flamanvil” atom elektr stansiyasining maşina zalida portlaş röy berdi. Radioaktiv moddalar çiqiş xavfi yöq, deb xabar berdi Ouest France naşri.

Ommaviy axborot vositalari xabariga köra, bir neça kişi jarohat olgan bölişi mumkin. Hodisa joyiga öt öçiriş xizmati, tibbiyot xodimlari va qutqaruvçilar yetib kelgan.

Öt öçiruvçilarning xabar berişiça, portlaşdan söng yonğin boşlangan, atom reaktorlari hududi bundan zarar körmagan.