Xitoyga kirib kelayotgan xorijiy mamlakat fuqarolaridan immigratsiya nazorat punktidan ötiş çoğida barmoq izlarini topşiriş talab etiladi. Bu haqda 9 fevral kuni Ecns.cn portali xabar qilmoqda.

Unga köra, XXR jamoat xavfsizligi vazirligi şunday qaror qabul qilgan. Bundan avval, Davlat kengaşi yangi qoidalarni tasdiqlagan. 

Şunday qilib, 14 yoşdan 70 yoşgaça mamlakatga kirib kelayotgan barça xorijiy fuqarolar daktiloskopiya (barmoq izini oliş)dan ötişi şart. Davlat xizmatçilari, diplomatik pasport egalari hamda rasmiy delegatsiya a'zolari bundan mustasno. Şu bilan birga, ikki tomonlama kelişuvlarga binoan, ayrim hollarda istisnoga ruxsat berilişi mumkin. 

Barmoq izlarini oliş böyiça birinçi punkt 10 fevral kuni Şençjen şahri aeroportida oçiladi, söngra boşqa çegarani kesib ötiş joylarida paydo böladi. 

Aytiş joizki, barmoq izlarini oliş amaliyoti dunyoning qator mamlakatlarida allaqaçon yölga qöyilgan.