SVOJJDLKQ departamentining Örtaçirçiq tuman bölimiga kelib tuşgan ariza asosida ötkazilgan tadbirda aniqlanişiça, er-xotin Mirza va Anora Suyunovlar (ism-familiyalar özgartirilgan) hamda Gulruh Örinova valyuta “operatsiyasi” böyiça “biznes” qilişni maqsad qiladilar, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Ular yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir neçta banklardan avval özlarining nomiga, söngra yana 11 nafar fuqaroning nomiga “Visa-Elektron” xalqaro tölov plastik kartoçkalari oçib, har biriga 2 ming AQŞ dollaridan pul tuşirib olişga erişadilar. Keyin esa bu pullarni turli xorijiy davlatlarda naqdlaştirib, respublikamiz hududiga olib kirib, qonunga xilof ravişda ötkaziş bilan şuğullanadilar.
Uşbu holat jinoyat işlari böyiça Örtaçirçiq tuman sudi tomonidan körib çiqilib, bu şaxslar Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor deb topildi va tegişli jazoga tortildi.












