Turin universiteti arxeologlari va fiziklaridan iborat ilmiy guruh Misr fir'avni Tutanxamon qabri devorlarini örganişni boşladi. Taxminlarga köra, devorlar ortida afsonaviy Nefertiti va boşqa qator fir'avnlarning jasadlari dafn qilingan qabrlar aniqlanişi mumkin, deb xabar qiladi Misr qadimgi yodgorliklar vazirligi. 

"Yangi xonalar (qabrlar)ni topiş böyiça avvalgi urinişlar qarama-qarşi va çala natijalar berdi. Endi bu ölçovlar ijobiy yoki salbiy bölişiga köra, uşbu murakkab va muhim masalaga nuqta qöyamiz. Biz asr kaşfiyoti yoxud asr omadsizligi mualliflari bölamiz", — degan Italiyaning Turin universiteti olimi Franko Porçelli. 

2015 yil avgust oyi boşlarida britaniyalik tarixçi va arxeolog Nikolas Rivz Academia.edu saytida şov-şuvli maqolasini e'lon qilgan edi. Unda olimning ta'kidlaşiça, Podşohlar vodiysidagi Tutanxamon qabri devorlari HD-suratlarining tahliliga köra, devorlardan birining ortida qiroliça Nefertiti, uning tutingan onasi hamda islohotçi fir'avn Amenxotepning rafiqasi qabrlariga yöl bor. 

Ayni şu maqola boşqa misrşunoslar va Misr hukumati e'tiborini tortdi. Şu sababli Qohira ma'muriyati Rivz va uning jamoasiga qabr devorlarini radarlar va boşqa asbob-uskunalar vositasida yoritişga ruxsat berişdi. 2016 yil fevral va mart oylarida Rivz ham matbuotda maxfiy xonani topişning uddasidan çiqişgani xususida bir neça marotaba bayonot berdi. Misr qadimgi yodgorliklari böyiça Kengaşning sobiq kotibi Zaxi Xavas kabi raqiblari esa Rivzni inkor qilişdi. 

Alaloqibat, Yaponiya va AQŞdan kelgan ikki ilmiy guruh olimlari Tutanxamon qabri devorlarini radar, issiqliq qurollari va boşqa uskunalar yordamida tekşirişdi. Ular Rivzning xulosalarini ikki xil baholaşdi. Yaponiyaliklar tasdiqlaşgan bölsa, amerikaliklar inkor etişdi. Buning natijasida Misr hukumati Rivz xulosalarini işonçsiz deb baholadi va yangi, batafsilroq hisobot berilmagunça, qabrni oçişni taqiqladi. 

Misr qadimgi yodgorliklar vazirligi bu işni yaponiyalik fiziklarga topşirmoqçi ekani xususida xabarlar paydo bölgan edi. Ammo, keyinçalik, vazirlik rahbariyati fikrini özgartirib, loyihani italiyalik olimlarga işonişdi. Bu qaror, Porçellining ança vaqtdan buyon "fizik" misrşunoslik bilan şuğullanişi hamda bu borada öziga yaraşa obro‘ qozongani bilan izohlanişi mumkin. Porçelli Tutanxamon xanjari qanday metalldan yasalgani va Qadimgi Misrning boşqa köplab sirlariga javob topgan.