AQŞ prezidenti Donald Tramp özining mamlakatga kirişni taqiqlovçi farmonini himoya qildi, zero uning sözlariga köra, bu millat himoyasi uçun zarur. Şuningdek u sudlarni siyosiylaşuvda aybladi. Bu haqida C-SPAN xabar berdi.
"Men sudlarni hatto tarafkaş demoqçi emasman, bunday demayman ham. Biz hozirça qaror qabul qilmadik. Biroq aftidan, sudlar juda siyosiylaşgan. Bizning sud tizimimiz arizani öqib, biror nimani töğri qila olganida edi. Şu jumladan, mamlakat xavfsizligi masalasida ham", - dedi u.
Tramp öz çiqişida prezident şart deb hisoblagan vaqtda boşqa mamlakatlar fuqarolariga Amerikaga kirişni taqiqlaş huquqiga ega ekanligini aytgan. Şuningdek qonun unga vaqtinçalik taqiqlov kiritişga imkon berişini ta'kidlagan.
Bundan avval berilgan xabarlarga köra, Ilon Maskning Tesla va SpaceX kompaniyalari ham Trampning migratsion farmoniga qarşi çiqayotgan 97 texnologiya gigantidan iborat guruhga qöşilgan.
Tramp suriyalik qoçqinlarning mamlakatga kirişini taqiqlovçi farmonni imzoladi, qoçqinlarni joylaştiriş dasturini tört oyga töxtatib qöydi. Şuningdek yetti musulmon davlat - Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviya mamlakatlari fuqarolariga 90 kunlik muddatga taqiqlov kiritdi.
Keyinroq federal sudya AQŞ prezidentining körsatmalarini bekor qildi. AQŞ Adliya vazirligi sudyaning qaroriga javoban appelyatsiya berdi. Appelyatsion sud hozirça yakuniy qaror çiqarmadi.












