AQŞda oxirgi ötkazilgan tadqiqot vegetarianlarning göştxörlarga nisbatan örtaça 12 yilga köproq yaşaşini körsatgan. Nahotki gap faqat ratsionda bölsa?
Yöq, albatta. Sax Institute yirik tadqiqot markazi 6 yil davomida Avstraliyada yaşovçi 260 000 kişining statistik ma'lumotlarini tekşirdi. Bu vaqt içida 16 836 kişi tabiiy sabablarga köra hayotdan köz yumgan. Institut mutaxassislari bu kişilarning turmuş tarzini taqqoslab, kutilmagan xulosalarga kelişdi. Trendymen şu mavzuda maqola taqdim etdi.
Vegetarianlik uzoq umr körişga sabab böla olmaydi.
U holda nima uçun aksariyat boşqa tadqiqotlar buning aksini körsatmoqda? Ekspertlar xulosasiga köra, vegetarianlar odatda soğlom hayot tarziga rioya qilişadi. Ular sarxil meva va sabzavotlarni köproq iste'mol qilişadi, muntazam ravişda sport bilan şuğullanişadi, spirtli içimliklarni kamroq içişadi (yoki umuman içişmaydi) va kamroq çekişadi.
Bularning barçasi hayot davomiyligiga ijobiy ta'sir körsatadi. Bundan qanday xulosa kelib çiqadi? Vegetarianlik sizga qöşimça umr hadya qilmaydi, biroq salomatlik borasidagi kompleks parvariş haqiqatda yordam berişi mumkin. Şunday ekan, göşt iste'moliga ehtiyotkorlik bilan yondaşing, çekişni taşlang va sportzalga qarab olğa!












