Xitoy eksporti yanvar oyida 2016 yilning şu davridagi körsatkiçga nisbatan 7,9 foizga, importi esa – 16,7 foizga ösdi. Bu tahlilçilarning taxminidan ham yaxşiroq natija, deyilgan Xitoy bojxona boş boşqarmasi ma'lumotlarida.
Xitoy eksporti yanvar yakuniga köra 182,76 milliard, importi esa – 131,41 milliard dollarni taşkil etdi.
Mamlakat eksporti 2016 yil yakunlariga köra 7,7 foizga qisqarib, 2,097 trillion dollarga teng böldi. Şu bilan bir qatorda, 2016 yilda import hajmi 5,5 foizga qisqarib, 1,587 trillion dollarni taşkil etdi.
Xitoy taşqi savdosining umumiy hajmi yanvarda 11,4 foizga ösib, 314,16 milliard dollarga teng böldi. Xitoy savdo nisbatida ijobiy saldo 51,35 milliard dollarni taşkil qildi. 2016 yil yakunlariga köra savdo nisbatining ijobiy saldosi esa 509,9 milliar dollarga teng bölgan.
Xitoyda yanvar oyida xom neft importi ötgan yilning şu davriga nisbatan 27,5 foizga ortdi.
Bojxona boşqarmasiga köra, Xitoy 2017 yilning yanvarida 34,03 million tonna xom neft import qilgan. 2016 yilning dekabrida bu körsatkiç 36,38 million tonnani taşkil etdi.
Xitoyga xom neft importi 2016 yil yakunlari böyiça 13,6 foizga ösib, 381 million tonnaga teng böldi.












