Yevropa Ittifoqi va Ukraina örtasidagi viza tartibining liberallaşuvi (vizasiz bordi-keldi yölga qöyilişi) 2017 yil yoziga qadar kuçga kiradi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bayonot berdi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» telekanali.
«Biz vizani liberallaştiriş masalasini muhokama qildik — bu yozgaça röy beradi», — degan Yunker Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman bilan ötkazgan muzokaralari yakunida.
Eslatib ötamiz, Yunker 2016 yil noyabr oyida ötgan yil oxirigaça, YeI-Ukraina örtasidagi viza tartibi bekor qilinişi mumkinligini aytgandi.












