AQŞning Miçigan ştatidagi boşlanğiç maktab öquvçisi ijtimoiy tarmoq orqali öqituvçisiga otib öldiriş bilan tahdid qildi. Gap şundaki, unga berilgan uy vazifasi yoqmagan. Yoş merganni maktabdan çetlaştirişdi, deb xabar berdi The Daily Mail naşri.

Miçigan ştatidagi "Paupard" (Poupard Elementary School) boşlanğiç maktabi törtinçi sinf öquvçisining öqituvçisi bergan uy vazifasidan köngli tölmagan. Bola öz noroziligi Snapchat mobil ilovasi orqali bildirib, nafratlanadigan ustozini otib öldiriş bilan tahdid qilgan.

Maktab rahbariyati 4-sinf bolasining tahdidi haqida darhol politsiyaga xabar berdi. Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari öquvçining uyiga borişgan. Yoş merganning ota-onasi farzandlarida heç qaçon qurol bölmaganini aytişgan, biroq suriştiruv işlari davom etmoqda. Bola vaqtinçalik öqişdan çetlatildi.

"Paupard" maktabi direktori Geri Nixaus öquv muassasasida bunday tahdidlarga juda jiddiy munosabatda bölinişi haqida ma'lum qilgan.

“Biz maktabimiz öquvçilari va xodimlari xavfsiz hamda tahdidlardan himoyalangan bölişlariga işonç hosil qilişimiz kerak”, - degan Nixaus.