Dunyoda eng oğir ayol hisoblanuvçi, 500 kg ga yaqin vaznga ega misrlik ayol Iymon Ahmad Abdulatiy 11 fevralda Hindistonning Mumbay şahriga davolaniş uçun keladi, deb xabar bermoqda Hindustan Times naşri.
Ayol voqeasi haqida 2016 yil oktabrda Al Arabiya telekanali ma'lum qilgan. Şifokorlar Iskandariyaning 36 yoşli fuqarosining holatini "fil kasalligi" va "bezlar xuruji" deb ta'riflaşgan. Ayol insultni boşdan keçirgan va yotib qolgan.
2016 yil oxirida ayol voqeasiga bariatrik va laparoskopik jarrohlik bilan şuğullanuvçi mumbaylik şifokor Muffazal Lakdavala e'tibor qaratgan va ayolga yordam beriş taklifini bildirgan. U Hindiston taşqi işlar vaziri Suşma Svarajdan ayolning hujjatlarini rasmiylaştirişda kömak körsatişni söragan, çunki uning özi qonunlarga muvofiq, Hindistonning Misrdagi konsulligiga suhbatga kela olmagan. Vazirning aralaşuvidan keyin ayol Hindistonga viza olgan.

Abdulatiy şanba kuni tonggi 04:10da Mumbayga Egyptair aviakompaniyasining uni transportirovka qiliş uçun modifikatsiya qilingan Airbus 300-600 yuk samolyotida keltiriladi. U Mumbayga kelişi bilan Sayfi gospitaliga olib kelinadi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, ayolning davolanişiga bir neça oy talab qilinadi. Avval u bir qator tahlillardan ötadi, şundan keyin kerakli operatsiyalar ötkaziladi. Operatsiyalar jarrohlik aralaşuvi muvaffaqiyatli va ayol uçun asoratsiz keçayotganini kafolatlaş maqsadida bosqiçma-bosqiç, tanaffuslar bilan amalga oşiriladi. Lakdavala ayolni davolaşga ketadigan xarajatlar xayr-ehsonlar hisobiga qoplanişiga umid qilmoqda. U şu maqsadda change.org saytida mablağlar yiğişni taşkillaştirgan.
Vazir Svaraj esa noodatiy mehmonga muvaffaqiyat tilab qolgan.
Öz navbatida, şifokor Svarajga viza borasida körsatgan yordami uçun minnatdorçilik bildirgan hamda u "Iymonga yaşaş uçun ikkinçi imkoniyat berganini" aytgan.












