Filippin davlatining janubiy qismlarida ro‘y bergan yer silkinishi oqibatida kamida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 90 kishi yaralangan. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 6,7 ballni tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Avvalroq, Channel NewsAsia telekanali tabiiy ofat oqibatida 3 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Yer silkinishi, shuningdek, elektr ta'minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Hozirda, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani aytilmoqda.











