Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanining Mirmiron mahallasida yaşovçi nafaqaxör Uluğbek Qarşiyev öz issiqxonasida papayya yetiştirdi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat hokimligi matbuoti xizmati xabar bergan.
Uluğbek Qarşiyevning hovlisida jami 13 sotix maydonni egallagan uçta issiqxona mavjud bölib, issiqxonada tropik papayya daraxti östirilmoqda. Uning qayd etişiça, köçat 3-4 yil avval ekilgandi.
Issiqxonada şuningdek, palma daraxti, 200 tup limon, mandarin va apelsin daraxtlari, fikus, fikus gitara va aleandra gullari, bir neça tup banan daraxti ham ösmoqda.
Ma'lumot uçun, papayya tropik ölkalarda ösadi. Mevasining ta'mi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatişi tufayli "qovun daraxti" deb ham ataladi.
Papayya mevasining oğirligi 6-7 kilogrammgaça yetadi. Bir tup papayyadan 50-60 donagaça meva oliş mumkin. Tarkibida glyukoza, fruktoza, organik kislotalar, oqsil va turli vitaminlar mavjud bölgan papayya mevasi töyimli va salomatlik uçun foydali hisoblanadi.












