AQŞ kasalliklarni nazorat qiliş böyiça markazi öz tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Xulosaga köra, musiqani quloqçinlar orqali tinglovçilar uçun bir qadar salbiy ma'lumotlar mavjud. 

Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi tomonidan özkazilgan keng qamrovli tadqiqot yakuniga köra, AQŞda eşitiş qobiliyatini yöqotiş eng köp tarqalgan xastaliklar röyxatida uçinçi örinni egallagan. U yoşi katta aholining 24 foizida uçraydi. Avvalroq bunga saraton va diabet sabab bölişi mumkinligi haqida ma'lumotlar taqdim etilgandi, biroq yangi tadqiqotga köra, quloqçinlarda katta tovuşda musiqa tinglaş ham quloq oğirligiga olib keladi. 

U tovuşni qabul qiliş hissini kamaytirib, hattoki butunlay kar bölib qolişga ham sabab bölişi mumkin. Muammo, birinçi navbatda, maksimal baland ovozda musiqa eşitadiganlarni qamrab oladi – ular quriliş va zavod işçilari bilan bir darajada eşitiş qobiliyatlarini yöqotişlari mumkin ekan.