Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tulada O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘ldi (Video)
Rossiyaning Tula viloyatidagi sabzavotlar saqlash binosi tomining qulab tushishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti viloyat tezkor xizmatlardagi manbaga asosan xabar berdi.
Avvalgi xabarlarda Tula viloyatining Popovka qishlog‘idagi 160 kvadrat metr maydonni egallangan angarning tomi qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilingan. Rossiya tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar - 1992 yilda tug‘ilgan ikki va 1974 yilda tavallud topgan bir kishidir. Taxminlarga ko‘ra, tom ko‘p miqdordagi qorni ko‘tara olmay, qulagan.

"Hodisa joyida vayronalarni tozalash bo‘yicha ishlar yakunlandi. U yerdan O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi jasadi chiqarib olindi", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sabzavotlar saqlash binosi tomi konstruksiyaning eskirib ketgani sabab qulagan bo‘lishi mumkin.
FVV Tulada 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani yuzasidan axborot xabarnoma chiqardi
Mavzuga oid
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
19:52 / 22.03.2026
Rossiyaning Tula viloyatida vaqtinchalik saqlash markazidagi bir guruh yurtdoshlar O‘zbekistonga qaytariladi
11:38 / 31.12.2025
Polshada qiyin ahvolga tushgan ikki fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:32 / 25.12.2025