AQŞda rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkin işi böyiça sud tinglovlari bölib ötdi. Hakamlar hay'ati öz hukmini 13 fevralda çiqarişi mumkin, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.    

Sud işi Povetkin va amerikalik boksçi Deontey Uaylder örtasida özaro e'tirozlarga taalluqlidir. Bunga Moskvada uşbu boksçilar örtasida bölib ötmagan jang sabab bölgan. Jang rossiyalik boksçining doping-namunasida taqiqlangan meldoniy izlari topilgandan keyin bekor qilingandi.

"Öylaşimça, hay'at bir neça soat kengaşib, tuşlik yoki keçga yaqin öz hukmini çiqaradi", deb aytgan Povetkin manfaatlarini himoya qiluvçi Aleksey Karpenko.

Uaylder va promouterlik kompaniyasi Nyu-York sudiga Povetkin ularga 5 mln dollar tölaşi kerakligi töğrisida da'vo arizasi bergan. Raqib tomonning fikriça, jang bekor qilinişi sabab Povetkin ularga zarar yetkazgan. Rossiyalik boksçi va uning promouterlari ham raqib tomonga qarşi da'vo bilan çiqqan. Amerikalik boksçi va promouterlik kompaniyasi rossiyalikni obrösizlantiruvçi ma'lumotlar tarqatişda va jangni barbod qilişda ayblanmoqda. Rossiyaliklar amerikaliklardan 34,5 mln dollar talab qilişmoqda.

Hakamlar hay'ati bu haftada tomonlarning dalillari, doping böyiça mutaxassislar, Povetkin va unga maslahat bergan şifokor körsatmalarini tinglaganlar.